• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlanti
10:29
Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlanti

Buyuk Britaniyalik ekspertlarning ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkin, shuning uchun mamlakatlar cheklov choralarini yengillashtirishda ehtiyot bo‘lishi kerak, bunda sog‘liqni saqlash tizimlari yangi bemorlarni qabul qila olish imkoniyati ham hisobga olinishi kerak. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Cheklovlarni olib tashlashda ehtiyotkorlik

Aprel oyida Yevropaning  bir nechta davlati koronavirusga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash rejalari haqida ma’lum qildi. Xususan, Avstriya, Italiya va Ispaniyada aprel oyining o‘rtasida bir qator kompaniyalar va savdo tashkilotlarining ishini qayta boshlashga ruxsat etildi. Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda. Chexiyada 14-apreldan boshlab xorijga chiqishga ruxsat berilgan, biroq xorijdan qaytgan fuqaro 14 kunlik karantinda bo‘lishi talab qilinadi.

"Vaksina paydo bo‘lguniga qadar kasallik har qanday mamlakatda uni yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan ko‘plab odamlarga yuqaveradi. Cheklovlarni olib tashlashda sog‘liqni saqlash tizimlari kasallikning ta’siri va oqibatlarini yengishga qodir ekanligi hisobga olinishi kerak. To‘satdan va ko‘p sonli cheklovlarni olib tashlash faqatgina kasallik tarqalishining yangi to‘lqinini yuzaga keltiradi, buni Yaponiya misolida ko‘rish mumkin”, — deya ma’lum qilgan London universitet kollejining reanimatologiya kafedrasi mudiri Xyu Montgomeri.

"Agar bir kishining boshqalarga kasallik yuqtirishini ifodalovchi reproduktiv son — R’ning ko‘rsatkichi 1 kishidan pasaysa va ko‘rilgan choralar bu sonni mazkur darajada saqlab tura olsa, cheklovlarni yumshatishdan ma’no bor. Shunday ekan, agar cheklovlarning yumshatilishi yangi bemorlar sonini oshirsa, ijtimoiy masofalanish chorasi qayta tiklanishi mumkin. Har qanday yengillik — bu natijasi noma’lum tajriba”, — deb ta’kidlagan Sent-Endryus universitetining professori, Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Ian Boyd.
"Cheklov choralarining tezlik bilan olib tashlanishiga hali vaqtli, chunki infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qandayligi hozircha noma’lum. Ikkita ssenariy bo‘lishi mumkin”, — deb gapiradi Oksford universitetining biokimyo kafedrasi dotsenti Alfredo Kastello Palomares.

"Birinchi ssenariy — virus muhitda biz dastlab o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq turadi va bunda virus yuqtirganlar soni ham ko‘proq bo‘ladi. Demak, ko‘plab kishilarda allaqachon immunitet mavjud. Bunday odamlar virusning bundan keyingi tarqalishi yo‘lida o‘ziga xos devor bo‘ladi. Ikkinchi ssenariy — aholining kam qismigina virus yuqtirib olgan. Bunday vaziyatda virusning tarqalishiga to‘siq bo‘ladigan devor yo‘q va bunda virusning tez tarqalishi boshlanadi, ya’ni ikkinchi to‘lqin yuzaga keladi”, — deya olim voqealarning ehtimoliy rivojini tavsiflaydi. Uning qayd etishicha, asosiy cheklov choralari olib tashlangandan keyin ijtimoiy masofani, ish o‘rinlarida xavfsizlikni saqlashga imkon beradigan reja va aeroportlarda nazorat punktlari kerak bo‘ladi.

Kasallikning ikkinchi to‘lqini ehtimoli

Barcha ekspertlar kasallikning ayni paytdagi eng yuqori cho‘qqisi o‘tib ketganidan keyin uning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrga qo‘shiladi. "Faktlarga ko‘ra, bu virus juda zararli va tez tarqaladi. Har bir odam uch kishiga virusni yuqtirishi mumkin, shuning uchun bir kishi boshqa o‘n kishi orqali 88572 kishini zararlashi mumkin”, — deya misol keltirgan Montgomeri. Uning ta’kidlashicha, agar hukumatlar barcha izolyatsiya choralarini tezda bekor qilsa, ikkinchi to‘lqin birinchisidan ham katta bo‘lishi mumkin.

"Infeksiyaning kelajakda, kelgusi qishda tarqalishini ko‘rishimiz ehtimoli katta, xususan, har yili gripp bilan kasallanish kabi”, — deydi Boyd. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqinning qanday bo‘lishi hukumatlar tomonidan saqlab qolinadigan nazorat choralariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. O‘z rejasiga ega bo‘lmagan mamlakatlar ijtimoiy masofalanishni qayta tiklashga va uning iqtisodiy oqibatlarini ko‘rishga majbur bo‘ladi.

Xyu Montgomerining prognozlariga ko‘ra, olimlar virusga qarshi vaksinani joriy yilning kuzigacha tayyorlay olmaydi. Boydning fikricha, virus belgilariga qarshi kurash uchun nisbatan samarali dorilarning yaratilishi ham ehtimoldan holi emas.

Ekspertlar virusning mutatsiyaga uchrash ehtimolini ham qayd etib o‘tgan, bu esa ishlab chiqilgan har qanday vaksinani samarasiz qilib qo‘yadi. "Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, bu virus ham istisno emas. Odatda, ularning tajovuzkorligi pasayadi, biroq har bir gripp virusi kabi ular o‘zgarishi va vaksina ishlab chiqargan immunitetni yaroqsiz qilib qo‘yishi mumkin”, — deydi Montgomeri.

"COVID-19’ni keltirib chiqaradigan SARS-CoV 2 virusi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Uning zararlash ehtimoli aynan qanday o‘zgarishini aytib bo‘lmaydi, biroq uni davolash va unga qarshi kurashning qiyinlashish ehtimoli mavjud”, — deb taxmin qiladi Boyd.

Palomaresning ta’kidlashicha, SARS-CoV 2 virusining mutatsiyaga uchrash qobiliyati tarkibida RNK bo‘lgan boshqa viruslarga nisbatan pastroq. Ilmiy hamjamiyatning xavotiriga ko‘ra, SARS-СoV 2 virusiga qarshi antitananing odam qonida nisbatan kam muddat (bir—ikki yil) bo‘lishi haqida dalillar mavjud, bu holatda epidemiyani to‘xtatish uchun vaksina kerak bo‘ladi.

Butun dunyoda 22-aprel holatiga ko‘ra, 2,5 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 177 mingdan ortiq odam kasallik qurboniga aylangan. Kasallikdan tuzalganlar soni 696948  kishiga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь