• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 23 » Buxorodagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonani ta’mirlashda 577 mln so‘m talon-toroj qilingan
20:14
Buxorodagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonani ta’mirlashda 577 mln so‘m talon-toroj qilingan
Buxoro shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish vaqtida 577 million 903 ming 900 so‘m miqdoridagi mablag‘ noqonuniy ravishda talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuraturaning "Huquq” nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Ziyodulla Mustafoyev rahbarligidagi "Ziyo san’at” MChJ Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi Buxoro shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 270 o‘rinli binosini mukammal rekonstruksiya qilish bo‘yicha o‘tkazgan tenderda g‘olib bo‘lgan. Ziyodulla Mustafoyev buyurtmachi bilan 2018-yil 5-iyul kuni shartnoma rasmiylashtirgach, buyurtmachi tomonidan rekonstruksiya ishlarini nazorat qilish uchun tayinlangan texnik kuzatuvchi Amin Hamidov bilan jinoiy til biriktirgan.

Qayd etilishicha, shartnomaga asosan shifoxonada 4 milliard 686 million so‘mlik ta’mirlash ishlarini bajarishi lozim edi. Ammo jinoiy sheriklar kelishuviga asosan jamiyat tomonidan 4 milliard 108 million 96 ming so‘mlik ishlar bajarildi. Natijada jami 577 million 903 ming 900 so‘m talon-toroj qilindi.

Sud hukmiga ko‘ra aybdor deb topilgan Ziyodulla Mustafoyev 2 yil muddatga oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga ushlab qolish, Amin Hamidovga 3 yil muddatga oylik maoshining 30 foizini davlat hisobiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

2020-yil 23-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6 535 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 507 nafari Buxoro viloyatida aniqlangan. Hozirgacha viloyatda 472 nafar bemor sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil Samarqand viloyatidagi yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasini rekonstruksiya qilish jarayonida belgilangan narxdagi konditsionerlar o‘rniga arzon konditsionerlar o‘rnatilgan. Natijada davlatning millionlab mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:463 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь