• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 28 » “Bunaqasini umrimda ko‘rmaganman”. Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi “o‘g‘irligi” haqida
19:37
“Bunaqasini umrimda ko‘rmaganman”. Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi “o‘g‘irligi” haqida

Jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari koronavirus sabab "o‘g‘irlanmoqda”. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

27-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakat rahbari Serbiya shifoxonalarini so‘nggi 10 kun ichida bir necha yuz sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan ta’minlash juda katta qiyinchilik bilan amalga oshirilganini so‘zlab berdi. U 14-martdayoq mamlakatda ushbu apparatlar soni davlat siriga aylanishini aytgandi.

"Apparatlarga keladigan bo‘lsak, men bunaqasini umrimda ko‘rgan emasman, hozirda jahon bozorida sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun talonchilik keng tarqalgan. Imzolangan shartnomalar va to‘langan avanslar ham yordam bermayapti. Yetkazib beruvchilar shartnomalar tuzishni istamayapti va kim kattaroq narx taklif qilsa, o‘shanga sotmoqda, sizga esa pullaringizni qaytarib beryapti”, — deydi Vuchich.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya hukumati mamlakatdagi klinikalarga 135 dona mobil sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatishga, shuningdek, yana 15 milllion dona tibbiy niqoblarni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Serbiya Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 528 kishiga yetgan, sakkiz kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:546 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031