• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 18 » Britaniyada hali klinik sinovdan o‘tkazilmagan koronavirus vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi
19:14
Britaniyada hali klinik sinovdan o‘tkazilmagan koronavirus vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi

Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasi hali klinik sinovlardan o‘tmay turib yaqin haftalarda ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

17-aprel kuni Oksford universiteti olimlari ishlab chiqarishga parallel ravishda klinik sinovlarining birinchi bosqichi uchun ko‘ngillilar jalb qilinayotganini bildirgan. Klinik sinovlar to‘liq ravishda sentabrga kelib yakunlanadi. Ungacha vaksinaning qariyb millionta dozasi ishlab chiqariladi.

Universitet rahbari Adrian Hill yangi vaksinaning muvafaqqiyatli bo‘lishi ehtimoli 80 foiz atrofida deb baholamoqda. Uning aytishicha, ushbu vaksina Buyuk Britaniya (3 ta), Yevropa (2 ta), Hindiston (1 ta) va Xitoyda(1 ta) joylashgan jami 7 ta tashkilotlar tomonidan hamkorlikda ishlab chiqariladi.

Reuters’da ta’kidlanishicha, agar sinov vaksinaning muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatsa, undan shu zahotiyot ommaviy foydalansa bo‘ladi, aks holda keraksiz vaksina ishlab chiqarishdan keladigan zarar miqdori bir necha 10 million funt sterlingga teng bo‘ladi.

Ayni paytda vaksina bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Xitoyda ishlab chiqarilmoqda.

Dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan odam amerikalik Jennifer Xaller bo‘ldi. Vaksina mRNA-1273 deb nomlanib, u Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi va ular 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Mart oyi oxirlarida Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.

Avvalroq BMT bosh kotibi COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish uchun koalitsiya tuzishni taklif qilgani xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:584 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь