• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Bosh prokuratura va MIB xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z maoshlarining bir qismini xayriya qildi
14:13
Bosh prokuratura va MIB xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z maoshlarining bir qismini xayriya qildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z ish haqlarining bir qismini beg‘araz yordam sifatida ajratdi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga tushayotgan beminnat mablag‘lar mehr-muruvvat, saxovat kabi o‘zbek xalqiga xos xislatlarni yanada ko‘proq namoyon etmoqda.

Xabar berilishicha, mazkur aksiya doirasida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ham ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini mazkur fondga beg‘araz o‘tkazib berdi.

O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish maqsadida Inqirozga qarshi kurash bo‘yicha jamg‘arma tashkil etildi va unga 10 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy e’lon qilindi hamda bir qator iqtisodiy choralar belgilandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20-mart, juma kuni, parlament quyi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49 kishini tashkil etmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031