• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » Bosh prokuratura: “Shifoxonaga to‘rt marta murojaat qilib, uyiga javob berilgan fuqaroda koronavirus aniqlangan”
16:23
Bosh prokuratura: “Shifoxonaga to‘rt marta murojaat qilib, uyiga javob berilgan fuqaroda koronavirus aniqlangan”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev AOKA  huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda shifokorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan loqaydlik tufayli 30 nafar fuqaro karantinga olinganini ma’lum qildi.

"Afsuski ayrim shifokorlarimizda loqaydlik va beparvorlikka berilish holatlari kuzatilmoqda. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro 19-mart kunidan 4-aprel kuniga qadar, ya’ni 16 kun mobaynida tana harorati ko‘tarilib, holsizlik sezayotganligi bois 4 marta Yunusobod tumanidagi 51-sonli oilaviy poliklinikaga va 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifokorlar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan. Ushbu fuqaroning sog‘lig‘i og‘irlashib, beshinchi marta shifoxonaga murojaat qilganidan so‘ngina undan virusologik tekshiruv uchun namuna olingan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra unda koronavirus aniqlanib, u va u bilan muloqatda bo‘lgan 30 dan ortiq fuqarolar karantinga olindi.

Ming afsuski, hozirda u bilan muloqotda bo‘lgan hamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlanmoqda,” — dedi Sodiqjon Berdialiyev.

Bundan tashqari, prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida aholi orasida hozirda kasallik yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlar ma’lum qilindi:

1-xavfli guruh — bozorlarda va savdo do‘konlarida savdo qilayotgan sotuvchilar;

2-xavfli guruh — uy sharoitida va boshqa joylarda karantinda saqlanib turgan fuqarolar;

3-xavfli guruh — xizmat zaruriyati tufayli ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lib ishlayotgan shaxslardir.

Shu sababli har bir fuqaro barcha joyda o‘zini juda ehtiyot qilishi lozimligi qo‘shimcha qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:590 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь