• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 18 » “Bo‘ston” sanatoriysida koronavirus karantini yakunlandi. Xitoydan kelgan fuqarolar uylariga kuzatildi
12:49
“Bo‘ston” sanatoriysida koronavirus karantini yakunlandi. Xitoydan kelgan fuqarolar uylariga kuzatildi

Turli maqsadlarda Xitoyda safarda bo‘lgan jami 584 nafar fuqaro joriy yilning 4-6-fevral kunlari uchta charter reys orqali mamlakatga olib kelingan edi. Ularning 459 nafari erkak va 125 nafari xotin-qizlardir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, 18-fevral kuni "Bo‘ston” sanatoriysida joylashtirilgan 294 nafar fuqaroni karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Xitoydan olib kelingan fuqarolar 14 kun davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat’iy karantin holatida saqlandi. Shu davr yakuniga qadar tibbiy kuzatuv va maxsus laboratoriya tekshiruvlari to‘liq, xalqaro standartlar bo‘yicha olib borildi. Karantinda bo‘lgan fuqarolar birinchi kun va inkubatsiya davrining tugashi bilan, ya’ni ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi, deyiladi xabarda.

– "Bo‘ston” sanatoriysi to‘liq karantin talablari asosida jihozlandi. Kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan ta’minlandi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov. – Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilib, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlandi. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi. Oshxonalarda 14 kunlik taomnoma tuzilib, kuniga uch marta sifatli ovqatlanish tashkil etildi.

Barcha muassasalarda yuqumli kasalliklar bo‘yicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa yetakchi shifokor-mutaxassislar ish olib bordi. Ular karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga yetgunga qadar faoliyat yuritdi. Shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlari jalb etilib, ular alohida binolarga joylashtirildi.


– Xitoyda xavotirli epidemik vaziyatdan ancha tushkun ahvolga tushib qolgan edik,– deydi bo‘kalik Sevara Miraliyeva. – Ana shunday qiyin vaziyatda davlatimiz tomonidan ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik bizni judayam quvontirdi. Yurtimiz tuprog‘iga qadam qo‘yishimiz bilan ko‘nglimiz ancha xotirjam bo‘ldi. Biz joylashgan sanatoriyda barcha sharoitlar yaratilgan ekan. A’lo kayfiyatda dam oldik, bir-birimiz bilan do‘stlashdik. Ochig‘i, bu joydan ketgimiz ham kelmayapti.

Karantin obyektlarida saqlanayotgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilishlari uchun telefon apparatlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Stomatologiya institutida karantindagi fuqarolar bilan ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari muloqoti uchun videokonferensaloqa vositalari va telefon apparatlari o‘rnatilgan Call center faoliyat yuritdi.
– Bu yerda bizga 14 kun davomida juda yaxshi qarashdi, – deydi buxorolik Ilhom Qurbonov. – Shifokorlar juda xushmuomalalik bilan kayfiyatimizni ko‘tarishga harakat qilishdi. Har kuni bizni ikki martadan tekshiruvdan o‘tkazib turishdi. Bo‘sh vaqtimizni unumli o‘tkazish uchun ham barcha sharoitlarni qilib berishdi. Bu yerga kelib barcha xavotirlarimiz tumandek tarqab, qalbimizni faxr-iftixor hissi egalladi. Mana shunday yurtning farzandi ekanligimizdan g‘ururlandik. Negaki, ko‘pgina mamlakatlar Xitoydagi fuqarolarini yurtiga qaytarib, bu darajada e’tibor va ko‘mak ko‘rsata olmayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Shunday ekan, hamisha vatan himoyasida bo‘lgan baxtiyor insonlarmiz, deb bemalol ayta olamiz. Fursatdan foydalanib, bizga g‘amxo‘rlik qilgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Qayd etilishicha, tez kunda karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan boshqa tibbiyot muassasalaridagi Xitoydan olib kelingan fuqarolar ham o‘z uylariga kuzatiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:463 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829