• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi
18:14
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

"O‘zA bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan bloger va Mass-media fondi direktori Xushnudbekni yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklayman. Birga juda samarali mehnat qildik. Ishonamanki, sizning harakatlaringiz bilan O‘zA yangi darajaga ko‘tariladi. Siz u tashkilotga haqiqiy yangi qon bo‘lib kirayotganingizga ishonaman. Yangilik qilish oson bo‘lmaydi, tayyor turing. Omad!”, — deya yozgan Komil Allamjonov o‘zining Telegram’dagi kanalida.

Ma’lum bo‘lishicha, Xushnud Xudoyberdiyev 2013-yildan buyon O‘zA bosh direktorining o‘rinbosari lavozimda ishlab kelgan Jumanazar Meliqulov o‘rnini egallagan.

Tayinlovga qadar Xushnud Xudoyberdiyev Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvchi rasmiy axborot agentligi sanaladi.

O‘zAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma’lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash hisoblanadi. Shuningdek, agentlik qonunlar, Prezident qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma’ruzalarini, shuningdek, Oliy Majlis palatalari va hukumatining qarorlarini e’lon qiladi va yoritadi.

O‘zA bosh direktori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:462 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031