• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 13 » Belarusda koronavirusga chalingan 29 kishi vafot etdi. Lukashenko ularning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini aytdi
21:02
Belarusda koronavirusga chalingan 29 kishi vafot etdi. Lukashenko ularning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinib, vafot etganlarning o‘limiga mazkur infeksiya emas, balki "surunkali kasalliklar to‘plami” sabab bo‘lgan. Bu haqda mamlakat prezidentining rasmiy saytida xabar berildi.

"Odamlar qo‘rqmoqda. Shuning uchun men ularga quyidagilarni aytmoqchiman: mamlakatda birorta ham odam koronavirusdan o‘lmadi. Birorta ham. Ular o‘zida bo‘lgan surunkali kasalliklar to‘plamidan o‘ldi. Koronavirus — bu hatto turtki ham emas. Bu ularning surunkali kasalliklari rivojlangan atmosfera. Mana, sabab nimada. Shuning uchun aytyapmanki, bizda aynan koronavirusdan hech kim vafot etmadi”, — degan Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan ba’zi kishilar shu darajada vahima qilmoqdaki, hatto koronavirusni aniqlash bo‘yicha tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan kishilar ham hayot uchun kurashmay qo‘ydi.

"Hatto qayg‘urishmasin ham. Bizning mamlakatda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi. Men buni omma oldida ma’lum qilyapman. Bu mening tahlillardan kelib chiqqan qat’iy ishonchim. Bizda joriy yilning tajribasi bor. Biz odamlarni qutqarish uchun dorilar kombinatsiyasini topdik. Shuning uchun har bir kishi uchun kurashmaymiz, balki jang qilamiz. Agar biror odam taqdirga tan bermagan bo‘lsa, u, albatta, tuzaladi”, — deya bayonot bergan Lukashenko.

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 13-aprel holati bo‘yicha mamlakatda 2919 kishida koronavirus aniqlangan, 203 kishi tuzalgan, 29 kishi vafot etgan.

Belarusda keng qamrovli karantin choralari joriy qilinmagan. Mamlakat chegaralari ochiq, davlat va xususiy kompaniyalar ish faoliyatini davom ettirmoqda. Mamlakatda futbol chempionati davom etmoqda.

Koronavirus sababli Belarus hukumati xorijdan kelganlarga nisbatan "o‘zini yakkalash” rejimini tatbiq qilmoqda. Mamlakatda xorijliklar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar taqiqlangan, maktablarda ta’tillar uzaytirilgan va kasalxonalarda rejalashtirilgan operatsiyalar va muolajalar qoldirilgan. Qolgan holatlarda tavsiyalar bilan cheklanilmoqda: odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslik, masofa saqlash, masofadan ishlash.

Avvalroq O‘zbekiston Belarusga koronavirusga qarshi kurashda foydalanish uchun insonparvarlik yordamini jo‘natgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:591 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь