• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 11 » Barak Obama o‘zi prezident bo‘lgan davrda kambag‘allar soni kamayganini aytdi
20:17
Barak Obama o‘zi prezident bo‘lgan davrda kambag‘allar soni kamayganini aytdi

Avvalroq, AQSHning amaldagi prezidenti Barak Obama 10 yanvar kuni Chikagoda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qilishi haqida xabar bergan edik.
 
10 yanvar kuni Chikagoda AQSH prezidenti Barak Obama prezidentlikdagi so‘nggi nutqi bilan chiqish qildi. Aynan shu shaharda Barak Obama ikki karra, ya'ni 2008 va 2012 yillarda qo‘shma shtatlar prezidentligi  lavozimini egallagandi. Barak Obama o‘z nutqi davomida so‘nggi 8 yil davomida AQSH barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishganini ta'kidladi. Bu haqda "Time” nashri xabar tarqatdi.
 
Barak Obama sog‘liqni saqlash sohasida, bo‘sh ish o‘rinlari borasida, iqtisod sohasida yuksalish qayd etilganini aytib o‘tdi.
 
Prezident nutqi davomida turmush o‘rtog‘i Mishel Obama bilan birgalikda Amerikaning ko‘plab aholisidan minnatdorchilik bitilgan maktublar olganini ma'lum qildi.
 
"So‘nggi bir necha hafta davomida sizlardan iliq tilaklar bitilgan xatlarni oldik va biz bundan mamnunmiz. Hozir esa men sizlarga rahmat aytmoqchiman. Siz bilan mening qarashlarim ba'zan to‘g‘ri kelmagan vaziyatlar ham bo‘lgan, ammo men har kuni sizlardan yangilik o‘rgandim. Sizlar meni eng yaxshi prezidentga va yaxshi odamga aylantirdingiz. O‘zgarishlar yanada yuksalishlarga olib kelishiga umid qilaman”, dedi Obama.
 
Barak Obama so‘nggi vaqtlarda mamlakatda yashovchi aholining daromadlari oshayotganligini, kambag‘allik darajasi esa pasayayotganligini e'tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, badavlat kishilar o‘z daromadlaridan adolatli ravishda soliq to‘lashyapti. Amerikalik bir qator ekspertlar ham iqtisodiyotning bir necha yo‘nalishlari rivojlanishida Barak Obamaning infratuzilmaga invetitsiya kiritish borasidagi dasturi qo‘l kelganini ta'kidlab o‘tishdi.
 
Barak Obama o‘z nutqining yakunida oilasiga, jumladan Mishel Obamaga minnatdorchilik bildirdi. Rafiqasi haqida so‘zlar ekan, uni "nafaqat ayolim, maslahatdoshim, do‘stim”, deya atadi. Shu so‘zlarni so‘zlayotib Barak Obamaning ko‘zlariga yosh keldi.
 
Shuningdek, Obama vitse-prezident Jo Baydenga ham minnatdorchiligini izhor etdi. Qarsaklar ostida yakunlangan nutqni Barak Obama "Ha, biz qila oldik. Ha, biz qildik. Ha, biz qila olamiz”, degan jumla bilan yakunladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1371 | Добавил: Admin | Теги: Barak Obama o‘zi prezident bo‘lgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031