• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 31 » Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi
10:11
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, transport harakati uchun maxsus ruxsatnoma berishning yangi tartibi e’lon qilindi. Bu haqda Telegram’dagi "Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra birinchi navbatda tibbiyot xodimlari o‘z mashinalarida stikersiz yurishiga ruxsat berilgan.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlari tegishli tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi.

Shuningdek, quyidagi tashkilotlar xodimlari mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanishi mumkin:

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari;

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga (o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida va yo‘lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish maqsadida. Inson hayotiga xavf tug‘diradigan holatlarda va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiyot muolajalarni olayotgan bemor yo‘lovchilarni tashish mumkin;
Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, oqova, chiqindi)ning xizmat avtotransport vositalari.

Quyidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga xizmat vazifasini bajarishda tegishli shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishga ushbu tashkilotlar tomonidan ruxsat beriladi (ofitser tarkibidagi xodimlarga ruxsat talab qilinmaydi). Ruxsatnomada avtotransport vositasining belgilari ko‘rsatiladi. Mazkur ruxsatnoma xizmat (harbiy) guvohnomasi bilan ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi:

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, 
Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;

Sud va prokuratura organlari xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan Airways AJ, Uzbekistan Airports AJ va ularning tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlari "O‘zaeronavigatsiya” agentligining xizmat avtotransport vositalari;

Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari;

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlarining xizmat avtotransport vositalari;
Bunda:

— vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibidagi tashkilotlarning birinchi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;

— vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari rahbarlari kiritiladi.

Markaziy bank va hududiy boshqarmalar xizmat avtotransport vositalari;

Tijorat banklari xizmat avtotransport vositalari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari;

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xizmat avtotransport vositalari;
"Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari;

Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar xizmat avtotransport vositalari;
Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, "O‘zbekiston pochtasi” AJ, "O‘zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda "O‘ZINFOKOM” 

yagona integratori» MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari;

N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari;
"Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari;
Dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko‘rsatish maqsadida);
Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari;

Mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari. Bu holatda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari har bir avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, avtotransport yo‘nalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar so‘rashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga 
ruxsat beriladi. Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi.

Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, ruxsatnoma quyidagi avtotransport vositalariga beriladi:

oziq-ovqat mahsulotlarini (jumladan, tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarning avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi);

umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan (kuryer va "dostavka”) avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (xodimlar uchun faqat har bir umumiy ovqatlanish korxonasiga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi);

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.

Adliya vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning tegishli murojaatnomasiga asosan ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalarga;

"O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi – gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga;

Bosh prokuratura huzuridagi departament – dehqon bozorlarining xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga;

Maxsus komissiyaning ko‘rsatmasiga asosan Adliya vazirligi tomonidan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi mumkin.

Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bo‘yicha izoh:

M1 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan 

avtotransport vositalari (oddiy yengil mashina).
M2 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta 
vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari.
M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta 
vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari

N1 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari;

N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan ortiq, lekin 12 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari;

N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.
Категория: Har-Hil | Просмотров:541 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031