• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » AQShlik hamshira o‘z bo‘limidan faqat o‘liklar chiqayotganini ma’lum qildi
18:22
AQShlik hamshira o‘z bo‘limidan faqat o‘liklar chiqayotganini ma’lum qildi

Nyu-Yorkdagi shifoxonalardan birida hamshira bo‘lib ishlovchi Aleksandra Masias o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali koronavirus pandemiyasining halokatli oqibatlari haqida gapirib berdi, deb xabar qiladi "RIA Novosti”.

Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi bir necha kundan beri intensiv terapiya palatasida ishlab kelmoqda. "Har kuni yangi odamlar kelayotgan bo‘lsa-da, malakali xodimlar yetishmayapti”, — deb yozadi Masias.

Hamshiraning aytishicha, u har kuni bemorlari vafot etguniga qadar ularni qo‘llab-quvvatlab turmoqda. "Hozirgacha bo‘limimizni o‘liklar uchun mo‘ljallangan qopdan boshqa narsada hech kim tark etmadi”, — deydi ayol.

Masiasning ta’kidlashicha, vafot etganlarning aksariyati sog‘lig‘ida hech qanday muammo bo‘lmagan yoshlar. "Kuchli insonlar, jismonan baquvvat. COVID-19 o‘ldirmagunicha, bir vaqtning o‘zida beshta joyda ishlaganlar ham bor. Bu virus odamlarni o‘ldirmoqda”, — deydi hamshira.

Shuningdek, u odamlarni ushbu kasallikni jiddiy qabul qilishga chaqirgan.

"Men sizlarni majburlay olmayman, biroq o‘tinib so‘rayman, tibbiyot xodimlarining aytganini jiddiy qabul qiling”, — deya yakunlaydi Masias.

Avvalroq britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘llagan edi.

Nyu-York AQShda koronavirus pandemiyasining epimarkaziga aylangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida Nyu-Yorkda 779 kishi koronavirusdan vafot etgan (AQSh bo‘ylab bir sutka ichida 1965 bemor vafot etgan). Butun shtat bo‘ylab 6268 kishi koronavirus qurboniga aylangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:571 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь