• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 2,2 mingdan ortiq bemor vafot etdi
12:43
AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 2,2 mingdan ortiq bemor vafot etdi
AQShda o‘tgan bir sutka ichida 2228 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun AQSh hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 609 407 kishiga yetgan, qurbonlar soni 25,9 mingdan oshib ketdi. Shu bilan birga, 48,1 mingdan ortiq odam davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,9 million kishidan oshib ketdi. Ularning 485 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 126,5 mingdan ortiq odam vafot etgan.

10-aprel kuni AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilanib, bir sutkada 2 mingdan ortiq bemor vafot etgandi. Shundan so‘ng ketma-ket to‘rt kun davomida qurbonlar sonida pasayish kuzatildi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirish to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Amerika yetakchisining fikricha, tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagan va buning uchun javob berishi kerak. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini aytdi va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini ta’kidlagan edi.

O‘zbekistonda 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 49 kishiga oshib, 1214 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 99 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь