• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » AQSh Xitoyni koronavirus bilan ilk kasallanish holati haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirdi
21:40
AQSh Xitoyni koronavirus bilan ilk kasallanish holati haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirdi

Amerikaning The Washington Post gazetasi koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat haqida yana turli nazariyalar tarqalishining oldini olish maqsadida Xitoy hukumatini birinchi odam kasallanishi shart-sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirdi.

Nashrning ta’kidlashicha, koronavirus Uxandagi laboratoriyada go‘yoki ataylab yaratilgani to‘g‘risidagi tarqalayotgan xabarlar fonida Xitoy o‘z manfaati va butun dunyo manfaati yo‘lida epidemiya aynan qanday boshlangani borasida yaxshilab tekshiruv o‘tkazishi lozim. Bunda uni imkon qadar oshkora, natijalarini esa ishonchliroq qilish maqsadida chet ellik mutaxassislarni ham jalb etish lozim.

Jons Hopkins universitetining sog‘liqni saqlash bo‘yicha xavfsizlik markazi direktori Tom Inglesbining so‘zlariga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar yaqinda ushbu sohada olib borgan tadqiqotlarini batafsil bayon qilishlari va mamlakat rasmiylari esa ushbu hujjatlarga kirish imkoniyatini ochishlari kerak. "Ushbu pandemiya qanday boshlanganini tushunish juda muhim”, — deb ta’kidlagan u.

The Washington Post nashriga ko‘ra, dunyodagi aksariyat olimlar, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari qoshidagi tahlilchilar koronavirus laboratoriyada maxsus ishlab chiqarilgan degan nazariyalarga ishonqiramay qaramoqda, ammo Xitoyning amaldagi siyosati shunday fikrlar kelib chiqishiga turtki bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida AQSh respublikachi-senatori Tom Kotton koronavirusning sun’iy ravishda yaratilganini taxmin qilgan va Xitoyda yagona 4-darajadagi, dunyo bo‘yicha eng xavfli patogen mirkoorganizmlar ustida ishlovchi superlaboratoriya mavjudligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Fox News telekanali ham koronavirusning Uxanda laborator sharoitda yaratilganini taxmin qilgan. Telekanal koronavirusning kutilmaganda institut xodimlaridan biri tasodifan infeksiyani yuqtirib olishi oqibatida tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gipotezani ilgari surgan.

Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montanye ham virusning Uxandagi laboratoriyada ishlab chiqilgani haqida fikr bildirgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan esa ushbu taxminlarga javoban Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning sun’iy sintez oqibatida paydo bo‘lganligini tasdiqlamaganini qayd etgan. Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin bugungi kun olimlari yangi turdagi koronavirusdek virusni sun’iy tarzda yaratish uchun yetarli bilimga ega emas, deb aytgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirus kelib chiqishi hayvonlarga borib taqaladi, deb hisoblamoqda. AQSh razvedkasi ham koronavirusning sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillarni topmagan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2 million 745 mingdan, vafot etganlar esa 193 ming kishidan oshib ketdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь