• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 18 » AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi
19:26
AQSh O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 17-mart, seshanba kuni, koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda AQSh elchixonasi tomonidan ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirusdan zarar ko‘rgan yoki uning tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun yuqumli kasalliklar bo‘yicha favqulodda zaxira fondidan qo‘shimcha mablag‘ ajratdi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 mingta qo‘lqop, 10,2 mingta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kirgan. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarga tarqatiladi.

Xabar berilishicha, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakatning tayyorgarligini yuqori baholagan. Elchi koronavirus tarqalishiga tayyorgarlik ko‘rish va unga tegishli javob qaytarishda USAID O‘zbekistonni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashi va ko‘mak berishini ma’lum qilgan.

"Yangi koronavirus kasalligi faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik orqali bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, global sog‘liqni saqlashga tahdid solayotgan kasallikdir. AQSh hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, — deb ta’kidladi elchi.

Fevral oyining oxirida AQSh O‘zbekistonda koronavirus tarqalganda ishlatilishi uchun mo‘ljallangan 600 komplekt shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan edi. Shuningdek, fevral oyida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida shu vaqtga qadar Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi. Shuningdek. Qirg‘izistonda ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq dastlabki uchta holat qayd etildi. O‘zbekiston Misr, Rossiya, Eron va Latviyadan o‘z fuqarolarini charter reyslari bilan olib keldi. Bundan tashqari bir qator Yevropa davlatlaridan ham charter reyslari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031