• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 12 » AQSh O‘zbekistonda sil kasalligini kamaytirishni ko‘zda tutuvchi 5 yillik dasturni ishga tushirdi
16:07
AQSh O‘zbekistonda sil kasalligini kamaytirishni ko‘zda tutuvchi 5 yillik dasturni ishga tushirdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda sil kasalligini yanada kamaytirish uchun maqsadli investitsiyalarni ta’minlashga qaratilgan yangi besh yillik dasturni ishga tushirdi. Dastur O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga tatbiq etiladi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyev, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) O‘zbekistondagi vakili doktor Lianna Kuppens ishtirok etdi.

"O‘zbekiston hukumati tashxis qo‘yish, davolash va parvarishlash ishlarini yaxshilash orqali silga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi. Birgalikda ish yuritib, biz O‘zbekistonda, butun mintaqa va dunyoda odamlar hayotini asrash va oilalarni sog‘lom saqlash bo‘yicha o‘zgarishlar qilishni davom ettira olamiz”, – dedi AQSh elchisi Daniel Rozenblyum.

O‘zbekistonda JSST tavsiya yetgan silga barham berish strategiyasi asosida tizimli ish olib borilmoqda. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSh hukumati va xalqaro hamkorlarning birgalikdagi sa’y-harakati tufayli yurtimizda silga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, sil kasalligidan o‘lim holati 5 barobarga, silga chalinish hollari esa 2 barobarga kamaydi. 2019—2025-yillar ichida esa sil bilan kasallanish holatlarini 20 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan. JSST e’tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston silga qarshi olib borilayotgan tadbirlarning natijalari bo‘yicha Yevropa hududiga kiruvchi 53 mamlakat orasida 2-o‘rinda ko‘tarildi.

Ijobiy ko‘rsatkichlarga qaramay, silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turi O‘zbekistonda jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Shu bois AQSh hukumati USAID’ning "Global Accelerator to End TB” dasturi doirasida O‘zbekistondagi silga qarshi kurash milliy dasturi amalga oshirayotgan chora-tadbirlarga ko‘maklashish uchun innovatsiyaviy va iqtisodiy samarali vositalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston hukumatiga silga qarshi preparatlar va diagnostik uskunalar xarajatlarini kamaytirish, silga qarshi yuqori sifatli preparatlar mavjudligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda silning ko‘p sonli dorilarga chidamli turini tashxislash va davolash sohasida JSSTning eng so‘nggi bayonnomalari va tavsiyalarini joriy qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida to‘rtta yangi loyihani ishga tushirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda USAID O‘zbekistonda silga qarshi kurashishga 14 million dollardan ortiq pul ajratgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:509 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031