• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 19 » Amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi
10:25
Amerikalik olimlar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi

Bir guruh amerikalik tadqiqotchilar koronavirus bilan kasallanganlar soni rasmiy statistik ma’lumotlarda qayd etilayotganidan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotning qoralama nusxasi medRxiv nashrida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, olimlar AQShda infeksiya tarqalishi birinchi bo‘lib qayd etilgan Shimoliy Kaliforniyadagi Santa-Klara okrugida tajriba o‘tkazgan.

Tadqiqotchilar qancha odamlar COVID-19 yuqtirgani, buni hatto bilmagan bo‘lishi mumkinligini baholash maqsadida 3,3 ming ko‘ngillilarni ularda koronavirusga antitanalar bor-yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazgan.

Aniqlanishicha, okrug aholisining 2,5-4,2 foizi, ya’ni taxminan 48-81 ming kishi koronavirusga qarshi antitanaga ega ekan. Bu esa antitanalar bo‘lmaganda ular ham COVID-19 bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Ayni paytda esa Santa-Klarada koronavirusga chalinish bo‘yicha rasman tasdiqlangan holatlar soni bundan 50-85 baravar kam. Tadqiqot mualliflaridan biri, Stenford universiteti professori Jey Bhattacharyaning aytishicha, ushbu tadqiqot natijalaridan COVID-19’dan o‘lim darajasi haqida ham yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

Uning ta’kidlashicha, agar koronavirusga chalinganlar soni rasmiy qayd etilgan raqamlardan 10 baravar ko‘p, o‘lim holatlari esa statistikada qayd etilganidek bo‘lsa, o‘lim darajasi uncha katta emas.

Avvalroq Guanchjou va Gonkong universitetlari epidemiologlari COVID-19 bilan kasallanganlar qachon eng yuqumli bo‘lishini aniqlagandi. Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qilgandi, Italiya va ispaniyalik shifokorlar ham koronavirusning yana bir alomatini aniqlagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:566 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь