• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi
14:23
Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi

Afg‘oniston prezidentining asosiy maslahatchilaridan biri va yirik biznesmen Muhammad Yusuf G‘azonfar 3-iyul kuni koronavirus sabab yuzaga kelgan pnevmoniya oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakat rahbarining saytida ma’lum qilingan.

G‘azonfar bir muncha vaqt o‘zini yomon his qilgan. Biznesmenning yordamchisi Fraydun Elhamning so‘zlariga ko‘ra, G‘azonfar Turkiyadagi shifoxonalarning birida vafot etgan.

G‘azonfar iyun oxirlarida koronavirusga chalingan edi, uni Afg‘onistonda davolashga urinishgan, biroq bemorning ahvoli o‘g‘irlashgach Turkiyaga olib ketilgan.

Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan Muhammad G‘azonfar nafaqat Ashraf G‘anining iqtisodiy taraqqiyot, savdo va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, balki uning yaqin do‘sti ham bo‘lgan. So‘nggi prezidentlik saylovlarida u Ashraf G‘ani saylovoldi kampaniyasining 90 foiz budjetini moliyalashtirgan.

Afg‘onistondagi xususiy Ghazanfar bankining aksiyadori bo‘lgan biznesmen mamlakatdagi eng badavlat insonlardan biri sanalgan. "U prezident G‘anining do‘sti va uning so‘nggi saylovoldi kampaniyasining bosh homiysi, Afg‘oniston siyosatining eng nufuzli kuchli uchligidan o‘rin olgandi”, — deyiladi xabarda.

Manbalarga ko‘ra, biznesmen Afg‘oniston prezidentining turli kadrlar, iqtisodiy va siyosiy qarorlariga kuchli ta’sir ko‘rsata olgan, shuningdek, mamlakatning turkiyzabon etnik guruhlari rasmiylari, xususan, o‘zbek guruhlari vakillari bilan aloqalarda uning norasmiy vakili bo‘lgan.

Kobuldagi manbalarning ta’kidlashicha, G‘azonfarning Toshkentda ham "kuchli aloqalari” bo‘lgan, bu esa Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy koalitsiya tuzishga yordam bergan va boshqa etnik guruhlar vakillari orasida ham obro‘ga ega bo‘lgan.

Gazonfar afg‘on o‘zbeklarining yana bir lideri, munozarali obro‘ga ega nufuzli siyosatchi, yaqinda marshal unvonini olgan Abdurashid Do‘stumning siyosiy dushmani hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 951 kishiga yetgan. Hozirga qadar mamlakatda 864 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:464 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031