• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Afg‘oniston hukumati tinchlik kelishuvi doirasida “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozodlikka chiqaradi
17:16
Afg‘oniston hukumati tinchlik kelishuvi doirasida “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozodlikka chiqaradi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani asirga olingan "Tolibon” radikal harakati a’zolarini afv etish va ozod etish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon "Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozod etishni ko‘zda tutadi, deb xabar berdi "RBK”.

"Tolibon” a’zolarining ozod etilishi AQSh va "Tolibon” harakati o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimining shartlaridan biri edi.

"Tolibon” a’zolari 15 kun davomida har kuni 100 kishidan ozod qilinadi. Farmonda aytilishicha, barcha ozod etilganlar "jangovar harakatlar hududiga qaytmaslikka yozma ravishda va’da berishi” kerak bo‘ladi.

Radikal harakat a’zolarining ozod qilinishi 4 kun ichida boshlanadi.

AQSh va "Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati 5 ming nafar jangarini ozod qilishi kerak. Ashraf G‘ani imzolagan farmonda agar muzokaralar muvaffaqiyatli davom etsa, hukumat ko‘rsatilgan sondagi mahbuslarning barchasi qo‘yib yuborilmaguncha kuniga 500 kishidan ozod qilishi belgilab qo‘yilgan.

9-mart kuni AQSh kelishuvning o‘ziga tegishli bandini bajarishga kirishib, Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. AQSh 14 oy ichida barcha qo‘shinlarini olib chiqishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, shanba, kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda "Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. "Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:537 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031