• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Adliya vazirligi aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning umuman o‘rni yo‘q ekanini bildirdi
08:48
Adliya vazirligi aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning umuman o‘rni yo‘q ekanini bildirdi

2019-yilda xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan Gulnora Karimovaga nisbatan oldin olib borilgan tergov harakatlari bilan qamrab olinmagan jinoyatlar haqida xabarlar kelib tushgan. Bu esa yangi jinoyat ishi ochilishiga asos bo‘lgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining matbuot xizmati.
Tergovda Gulnora Karimova o‘ziga yaqin shaxslardan iborat bir nechta uyushgan jinoiy guruh tuzib, jinoiy uyushmaga rahbarlik qilganligi, respublikaning sanoat korxonalarida faoliyat yuritib, unga jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromaddan ulush berib turgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganligi aniqlangan.

Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, G.Karimova fuqarolarga va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘li bilan o‘zlarining mulklarini unga qarashli kompaniyalarga qayta rasmiylashtirib berishga majburlagan.

Ish bo‘yicha tergov davomida G.Karimovaning qonuniy huquq va manfaatlarini u va uning yaqin qarindoshlari tomonidan jalb etilgan 7 nafar advokat himoya qildi. Bundan tashqari, barcha tergov harakatlarida advokatlarning ishtiroki ta’minlandi va ularning hech qanday cheklovlarsiz G.Karimova bilan holi uchrashishiga imkoniyat yaratib berildi.

Tergov tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligining buzilishiga, shuningdek, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

2020-yil 18-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida G.Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

O‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi G.Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan G.Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.

Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi.

Oldin ko‘rilgan jinoiy ishlar, shuningdek, so‘nggi jinoiy ish doirasida yetkazilgan zarar miqdori 3,8 trillion so‘m va 165 million AQSh dollarini tashkil etgan.

G.Karimovaga oid xabarlarda mulklarni qaytarish masalasi yana ko‘tarilayotganligi munosabati bilan Adliya vazirligi ayblanuvchiga nisbatan boshqa davlatlarda ham tergov harakatlari olib borilayotganligini eslatib o‘tishni joiz deb hisoblaydi. Ushbu ishlar bo‘yicha G.Karimova jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.

Xorijiy davlatlarda olib borilayotgan tergov materiallari va rasmiy manbalarda keltirilishicha, G.Karimova va unga aloqador shaxslar tomonidan Latviya, Shveysariya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va ehtimol boshqa davlatlarda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larni yuvish bo‘yicha noqonuniy korrupsion sxemalar amalga oshirilgan.

Qayd etish joizki, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

Xususan, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular anchadan buyon G.Karimova (uning oila a’zolari) tasarrufida emas.

Shu bois, O‘zbekistonga mulklarni G.Karimovaning o‘zi qaytarganligi yoki qolgan mulklar bevosita G.Karimova yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2017-yil iyulida Gulnora Karimovaga 2015-yil avgustida besh yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganini ma’lum qilgan. O‘sha vaqtda unga nisbatan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotgan edi. Ikki jinoyat ishi bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zarar 3,7 trillion so‘mga baholangan.

Gulnora Karimova 2019-yil martidan beri Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan umumiy tartibdagi 21-son koloniyada saqlanmoqda. Unga nisbatan yana bir qator jinoyat ishlari ochilgan, jumladan, u talon-toroj qilish va davlatga zarar yetkazishda ayblanmoqda. 2019-yil oxirida Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi daromadlarini qaytarish masalasida AQSh, Shveysariya, Fransiya, Rossiya va Latviya bilan birgalikda ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi, alohida mamlakatlarda ushbu mablag‘lar bo‘yicha ham jinoyat ishlari ochilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:538 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031