• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ochildi
20:51
Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ochildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘li ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar qildi.

"Qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB tashabbusi bilan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘lini ochish bo‘yicha ishlar olib borildi”, – deyilgan boshqarma bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Toshkent shahar hokimligi Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga (eski ToshMI) olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 13-iyungacha yopilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

8-iyunda Toshkent shahridagi kichik halqa yo‘li ko‘chasida va ushbu ko‘cha bilan boshqa kesishmalarda yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, Farg‘ona yo‘li va kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomoni hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismi yopilishi xabar qilingan.

4-iyunda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi, undan avval esa Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:508 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь