• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 15 » Abdulla Aripov: “Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n baravar oshirdik”
19:26
Abdulla Aripov: “Tibbiy niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n baravar oshirdik”

15 mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlagan matbuot anjumanida mamlakatda aholini tibbiy niqoblar bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini bildirgan.

"Ikki oy avval tibbiy himoya vositalari O‘zbekistonda chiqarilmas edi. Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun himoya kombinezonini ikki oy ichida nafaqat chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, balki ikki marta Xitoyga ham jo‘natdik, ertaga Eronga yuboramiz va o‘zimizda yetarli miqdorda zaxira mavjud.

Niqoblarni ishlab chiqarishni uch oy avvalgiga nisbatan o‘n barobarga oshirdik. Eng muhimi, ishlab chiqarilgan tibbiy niqob va boshqa kerakli buyumlarni chet elga eksport qilish to‘xtatiladi. Ya’ni ularning hammasi ichki bozorga buriladi. Niqoblarni eski narxiga qaytarish bo‘yicha ishlaymiz”, — dedi Abdulla Aripov.

Shuningdek, matbuot anjumanida 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinishi, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilinadi (lekin to‘ylarni o‘tkazish mumkin). Fuqarolarga odam gavjum bo‘ladigan joylarga borishdan tiyilish tavsiya qilinmoqda. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarga majlislar o‘tkazishni to‘xtatish haqida topshiriq berildi, diniy tashkilotlarga esa hukumat diniy yig‘inlarni to‘xtatib turish iltimosi bilan murojaat qilgan.

Karantin vaqtida narx-navoni, ayniqsa, dori-darmon va tibbiyot vositalari narxini asossiz oshirganlarga keskin choralar ko‘riladi, bu jarayonga Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinishi ma’lum qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:580 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031