• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » May » 10 » 51- hudud Bu o'ta maxfiy hudud va hatto dunyo xaritasiga ham kiritilmagan
22:09
51- hudud Bu o'ta maxfiy hudud va hatto dunyo xaritasiga ham kiritilmagan

Ha, 51- hudud o'ta maxfiy deya tan olingan. Dunyo xaritasiga ham kiritilmagan. Ammo bu yerda qanday hodisalar sodir bo'lishini ko'rsangiz, eshitsangiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Guvohlarning gapiga qaraganda, 51- hududda o'zga sayyoraliklarning jasadlari bor. Bu hududga hech kim yaqinlasha olmaydi. Hudud harbiylar tarafidan qo'riqlanadi. 51- hudud joylashgan joyda aholi yashash punktlari ham yo'q.
Ufologlarning aytishicha, bu yerda maxfiy tadqiqotlar olib boriladi. Lekin yer usti emas, aksincha yer ostida. Bosh korpusning o'zi 14 ta bosqichdan iborat. Shu bosqichlar haqida ham turli afsonalar to'qilgan. Ba'zilarning guvohlik berishiga ko'ra, hududda xuddi o'zga sayyoraliklarnikiga o'xshash uchar likopchalar ishlab chiqarilarmish.
Bu maxfiy baza 1955 yili tog'lar yon bag'rida bunyod etilgan. Baza faoliyatiga na jurnalistlar, na mahalliy aholi vakillari xalal bera oladi. Bazaga yaqin borishning o'zi hayot uchun xavf tug'diradi.

Amerikalik olim Lazar xuddi shu hududda ishlagan ekan. Dunyo ahli bu olimdan ham hudud faoliyatiga oid ko'plab sirlarni eshitishga erishgan. Lazarning aytishicha, uni bu yerga oynalari qoraytirib tashlangan mashinada olib kelishgan. Shuning uchun atrofni kuzatishga imkon topa olmagan. Lazar laboratoriyada faoliyat yuritgan. Laboratoriyaga kirish uchun ham to'qqizta darvozadan o'tilardi. Uning qo'liga yuztaga yaqin materiallar, suratlarga to'la jildlarni tutqazishgan. Jildlarda maxfiy texnologiya haqidagi ma'lumotlar, shu mavzudagi suratlar zohir edi.
Olim laboratoriyada o'zga sayyoraliklarning harakatlanishiga oid tadqiqotlarni olib borgan. Shu yerda o'zga sayyoraliklar gravitatsiya kuchi yordamida harakatlanishiga amin bo'ldi.
Yana bir olim Yuxeus edi. U Amerika uchuvchilari uchun uchar tarelkalarda parvozni ta'minlovchi mashg'ulot uskunalari yaratish bilan shug'ullandi. Yana bir guvoh Xanessi ismli mutaxassis gapiga ko'ra, 51- hududning pastki qavatlariga kirish mumkin edi. Lekin kiruvchi odamning qo'lida magnitli kartochka bo'lishi shart edi. Kirayotganda ko'z suratlari avtomat tarzda olib qolinardi. Amerika razvedka boshqarmasi vakillaridan biri Rouz yana bir hayratlanarli ma'lumotni aytib o'tgandi. Uning aytishiga qaraganda, Amerika hukumati o'zga sayyoraliklar bilan o'zaro kelishuvga erishgan. Bu o'tgan asrning 40- yillarida sodir bo'lgan. Kelishuvga binoan Asmerika tarafi o'zga sayyoraliklar joylashgan manzilni sir tutadi, ular 51- hududda bemalol o'z faoliyatini davom ettiraveradi. Yerdagi ishlarga umuman aralashmaydi.

Baxtga qarshi o'zga sayyoraliklar kelishuvga xiyonat qilishdi. Odamlar ustida turli ilmiy sinovlar olib bora boshlashdi. Amerikaliklar ularga qarshi hech qanday harakat sodir eta olishmadi.
Keyingi paytlarda bu hududni qat'iy sir tutishning imkoni bo'lmayapti. Garchi Amerika prezidentlari 51- hudud sir tutilishi zarurligini qayta-qayta ta'kidlashsa-da, qiziquvchilar soni tobora ortib boryapti.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1644 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031