• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 7 » 2020-yil yanvari fojialari haqidagi karikatura internetda aylanib yuribdi. Biz uni tahlil qildik
18:44
2020-yil yanvari fojialari haqidagi karikatura internetda aylanib yuribdi. Biz uni tahlil qildik

2020-yilning ikkinchi oyi ham yarimlab bormoqda. 2020-yilning birinchi oyi – yanvar esa juda voqealarga boy bo‘ldi. Rassom Joshua Kabreraning Filippin gazetasi – The Sun Star Cebu uchun chizilgan, yanvar voqealariga bag‘ishlangan quyidagi karikaturasi ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashib ketdi.
J harfi bilan karikatura muallifi Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlariga ishora qiladi. Xabaringiz bor, Avstraliyaning Janubiy Uels shtatidagi yong‘in 1-yanvar kuni 176 ta turar joyni yo‘q qilib yubordi. Mamlakatning janubi-sharqida ro‘y bergan yong‘inlar 30 ga yaqin odamning umriga zomin bo‘ldi. Oltita shtatda jami 73 ming kvadrat kilometr (Irlandiya hududi kattaligida) maydon yonib ketdi. Rasmiy ma’lumotga qaraganda, yong‘in 1,5 mingdan ortiq uy-joyni yaroqsiz holatga keltirdi.
Yong‘in ko‘plab o‘rmon jonivorlari, jumladan, 8 mingdan ortiq koala nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Milliarddan ortiq boshqa turdagi jonivorlar halok bo‘ldi. O‘n kun mobaynida yong‘inga qarshi kurashgan har bir ko‘ngilli shaxs 4 200 dollar miqdorida mukofot oldi. Yong‘in ayrim turlar butunlay yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yong‘in keltirgan umumiy zarar 3,5 milliard dollarga baholanmoqda.
A harfi, taxminimcha, Filippinda otilgan vulqon bilan bog‘liq. 12-yanvar kuni Filippinda Taal vulqoni otildi. Mamlakat hukumati to‘rtinchi xavf darajasini qayd etdi; vulqon atrofida yashovchi 80 mingdan ortiq aholi 283 ta evakuatsiya markaziga ko‘chirildi. 14 ta shahar darvozalari bekitib qo‘yildi. Uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi.
N harfi Eronning raketa zarbalariga ishora. Ma’lumki, 7-yanvardan 8-yanvarga o‘tar kechasi Eron Iroqda – Ayn al-Asad va Arbilda joylashgan AQSh harbiy bazalariga raketa zarbasi berdi. Eron ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, zarba natijasida 80 kishi qurbon bo‘ldi. Biroq Tramp Oq Uydan AQSh xalqiga qilgan murojaatida amerikaliklarning hech biri jabrlanmaganini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSh qo‘li bilan eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgan edi. Yuqoridagi harbiy amaliyot Eronning Amerikadan olgan o‘chi bo‘ldi. Sulaymoniyning dafn marosimi sababli 3 millionga yaqin eronlik ko‘chaga chiqdi, namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
U harfi yil boshlanishi bilanoq sodir bo‘lgan va ko‘plab talafotlarga olib kelgan zilzilalar, jumladan, 26-yanvar kuni Turkiyaning Sivrije shahri yaqinida ro‘y bergan zilzilaga ishora.
Turkiyada kuzatilgan zilzila mutaxassislar tomonidan 6,5–6,8 balli deb hisoblandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 1 243 odam jarohat oldi, 35 kishi halok bo‘ldi.O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zilzilada halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

A harfi, sezib turganingizdek, Indoneziyadagi suv toshqinlariga ishora. Yangi yilning 2-yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakartada kuchli suv toshqini kuzatildi. Bunga kuchli yog‘ingarchilik sabab qilib ko‘rsatildi. Ayrim tumanlarda suv toshqini balandligi 3 metrgacha yetdi. Toshqinlar natijasida 35 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. "Daryo” toshqin qurbonlari soni 66 kishiga yetgani haqida xabar bergan edi.

Yuqoridagi fojialarning barchasi yanvar oyining o‘zidayoq barham topdi va ularning oqibatlarini aniq aytib berish mumkin. Biroq R harfida ifodalangan koronavirus muammosini, fevral yarimlab boryapti hamki, bartaraf etishning iloji bo‘lmayapti. Kasallik 6-fevralga kelib dunyoning 24 davlatiga tarqaldi. Xitoyda kasallanganlar soni 28 mingdan oshib ketdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 2 912 fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularning hech birida kasallik alomatlari aniqlanmadi.

Y harfi orqali karikatura muallifi basketbol afsonasi Kobi Brayantning o‘limiga ishora qiladi. 26-yanvar kuni ikki karra Olimpiya chempioni Brayant aviahalokat qurboni bo‘ldi. 41 yoshli basketbolchiga tegishli vertolyot Kaliforniya janubidagi Kalabasas shahrida halokatga uchradi.
Qurbon bo‘lganlar to‘qqiz kishini tashkil etib, ular orasida basketbolchining 13 yoshli qizi Mariya ham bo‘lgan. Ular mashg‘ulotga ketayotgan bo‘lgani haqida ma’lumot bor. O‘sha vaqtda halokat hududida tumanli ob-havo qayd etilgan. Aviahalokat sababi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Nihoyat, karikaturaning quyi qismidagi 2020-sonidagi sichqon tasviri sichqon yiliga ishora.
Категория: Har-Hil | Просмотров:494 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829